Yuklanmoqda...

Biz haqimizda

Home

/

Biz haqimizda

Developer Photo

Ishlab chiquvchilari

Sayt yaratuvchilari haqida

Xalikova Umida Mirovna — 1987 yilda Buxoroda tug‘ilgan. U pedagogika sohasida katta tajribaga ega bo‘lib, Buxoro davlat universitetining “Amaliy matematika va informatika” yo‘nalishini tamomlagan. Maktabgacha ta’lim tizimida bir necha yil pedagog sifatida faol ishlagan.

Faoliyati davomida elektron qo‘llanmalar, multimedia materiallari va raqamli o‘quv-uslubiy resurslar yaratgan. Kogon pedagogika kollejida o‘qituvchilar uchun raqamli ta’lim bo‘yicha amaliy ishlanmalar tayyorlagan.

Keyinchalik BuxDu magistraturasida tahsil olib, maktabgacha yoshdagi bolalar tafakkurini kompyuter dasturlari yordamida rivojlantirish bo‘yicha tadqiqot olib bordi. 16 dan ortiq ilmiy maqola chop etilgan, elektron o‘quv dasturi esa intellektual mulk sifatida ro‘yxatdan o‘tgan.

U yaratgan “Ilk qadam” dasturi 4 yoshli bolalar uchun yaratilgan bo‘lib, elementar matematika bo‘yicha interaktiv mashg‘ulotlarni o‘z ichiga oladi. Unda animatsion videolar va didaktik o‘yinlar mavjud.

Dastur nafaqat tarbiyachilar, balki ota-onalar tomonidan ham bolalar bilan mustaqil mashg‘ulot o‘tkazishda qo‘llanmoqda va amaliyotda samarali natija bermoqda.

developer@kidkinder.com

+998 97 305 62 20

@kidkinder_dev

Salom! Men To‘xtamishova Gulnora Mels qizi, 25 yoshdaman. Buxoro davlat universiteti 2-bosqich magistranta­man. Ta’lim, ilm-fan va yoshlar rivoji bo‘yicha loyihalarda faol ishtirok etaman.

Ilmiy faoliyatim davomida bir nechta yirik yutuqlarga erishdim. 2022–2023 yilda Beruniy davlat stipendiyasi, 2023–2024 yilda Prezident stipendiyasi sohibasi bo‘ldim. 2024–2025 yilda esa Zulfiya davlat mukofoti laureati bo‘ldim.

30 dan ortiq ilmiy maqola va 2 ta patent muallifiman. 500 dan ziyod xalqaro va respublika tanlovlarida ishtirok etib, turli diplom va sertifikatlar bilan taqdirlanganman.

Maqsadim — har bir bola o‘z qobiliyatini ro‘yobga chiqaradigan zamonaviy va xavfsiz ta’lim muhitini yaratish.

developer@kidkinder.com

+998 90 123 45 67

@kidkinder_dev

Developer Photo
Elementar-Matematik

Bolalar uchun interaktiv matematika darslari.

Ofis manzili

Toshkent sh., Chilonzor tumani

Dush - Juma: 09:00 - 18:00

Aloqa ma'lumotlari

+998 90 123 45 67

info@elementar-matematik.uz

© Elementar-Matematik. Barcha huquqlar himoyalangan.